» » Dushanbeda O‘zbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi ochildi

Dushanbeda O‘zbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi ochildi


17-aprel kuni Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu haqda 2016-yil 27—28-dekabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisi yakunlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

O‘zbekistonning iqtisodiy va eksport salohiyati, investitsiya siyosati bilan Tojikiston ishbilarmon doira vakillarini tanishtirish, O‘zbekiston xalqining boy madaniy-tarixiy merosi va turizm sohasi rivoji to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ushbu ko‘rgazmaga puxta hozirlik ko‘rildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-apreldagi farmoyishiga muvofiq, ko‘rgazmani tashkil etish uchun mahsulotlar, ekspozitsiya materiallari va zarur jihozlar yetkazib berildi. Ko‘rgazmada 160 dan ziyod kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 1 ming 500 turdagi mahsulotni namoyish etmoqda.

Dushanbe shahridagi “Poytaxt – 90” savdo markazi hududidagi 2 ming kvadrat metr maydonda elektrotexnika, kabel, farmatsevtika, santexnika, to‘qimachilik, charm mahsulotlari, o‘quv-laboratoriya uskunalari, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, chinni buyum va idishlar, parfyumeriya va boshqa mahsulotlar namoyish etilmoqda.

1000 kvadrat metr ochiq maydonda qishloq xo‘jaligi texnikasi va turli osma uskunalar, yengil va yuk avtomobillari, yo‘lovchi avtobuslari taqdim etilgan.

Tadbir doirasida tashkil qilinadigan biznes-forum va seminarlarda O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralarining 500 dan ortiq vakili qatnashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют