» » Ashxobodda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Ashxobodda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


29—31-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida O‘zbekistondagi korxonalar va eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi UzDaily.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston sanoat kompaniyalarini rivojlantirish va investitsion yutuqlarini Turkmaniston bozorida namoyish etish.

Ko‘rgazma doirasida Turkmaniston va boshqa xorijiy davlatlar ishbilarmonlari bilan shartnoma imzolash uchun turli investitsion loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Turkmaniston ishbilarmonlar doirasi va tadbirkorlariga O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi va ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi ikkita blokdan iborat bo‘ladi. Birinchi blok 500 metr kvadrat ochiq maydonda ikkinchi blok 1500 metr kvadrat yopiq maydonda joylashadi.

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy korxona, kompaniya va firmalar ishtirok etadi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum va o‘zbekistonlik xonandalar ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют