» » Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga kitob sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga kitob sovg‘a qildi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus davlat rahbari Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng belarus yetakchisiga sovg‘a berdi. Mirziyoyev Lukashenkoga belarus shoiri Yakub Kolasning yaqinda nashrda chiqqan “Qadrdon qo‘shiqlar”(“Rodniye pesni”) kitobinining birinchi ekzemplyarini hadya qildi.

“Yakub Kolas ikki xalqning o‘xshashligi, biri-biriga bo‘lgan muhabbatini va o‘zbek xalqining axloqiy fazilatlarini kuylagan. Xalqimiz shoirning byusti ochilishini xursandchilik bilan qabul qildi. Biz Toshkent markazidagi ko‘chalardan biriga shoir nomini berdik”,— degan Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlash joiz, avvalroq Toshkentdagi Yakkachinor ko‘chasi Yakub Kolas nomiga o‘zgartirilgandi.

Ma’lumot uchun, Yakub Kolas (1882—1956) yangi belorus adabiyotining asoschilaridan biri, jamoat arbobi. 1926-yilda Belarus SSR xalq shoiri, 1928-yilda Belarus SSR fanlar akademiyasining akademigi, 1944-yilda Belarus SSR faxriy olimi unvonlari bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют