» » Toshkentdagi ko‘chaga belorus shoiri Yakub Kolas nomini berish taklif qilinmoqda

Toshkentdagi ko‘chaga belorus shoiri Yakub Kolas nomini berish taklif qilinmoqda


Toshkentning Mirobod ko‘chasidagi Yakkachinor ko‘chasiga taniqli belorus shoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas (1882?1956) nomini berish taklif qilinmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda xuddi shu ko‘chaga 1941?1943-yillarda O‘zbekiston poytaxtida yashab, ijod qilgan Yakub Kolas (Konstantin Mitskevich) byustini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.

Yakub Kolas ko‘chasi ilgari Toshkentda mavjud edi (hozirda u Movarounnahr deb nomlanadi).

O‘tgan yilning may oyida poytaxtdagi Yakub Kolas yashagan binoga Yakub Kolasning avvalgi yillarda olib tashlangan yodgorlik peshlavhasi va barelyefi qaytarilgan edi.

Qayd etish joizki, Belarus OAV ma’lumotlariga ko‘ra, sentabrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют