» » 51 yoshli Liberiya prezidenti Nigeriya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi

51 yoshli Liberiya prezidenti Nigeriya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi


Liberiya prezidenti Jorj Vea mamlakat terma jamoasi safida Nigeriyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

U jamoasi safida 14-raqamda to‘p surdi. Vea faoliyati davomida ham shu raqamda harakatlangan. Jorj 1995-yilda FIFA talqini bo‘yicha yil o‘yinchisi bo‘lgan, shuningdek, Afrikada ham yil o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan.

Uchrashuv esa 1:2 hisobida Nigeriya foydasiga hal bo‘lgan. Prezident maydonda 79 daqiqa harakat qilgan. Xuddi shu kuni prezident Veaning o‘g‘li Timoti AQSh terma jamoasi safida Meksikaga qarshi o‘yinda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Jorj Vea 2003-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, siyosatga qo‘l urgan. 2005-yilda Liberiya prezidentligiga nomzodini qo‘ygan, faqat oradan 12 yil o‘tgach mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozonib, davlat rahbarligiga saylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют