» » Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiadasida O‘zbekistondan 37 nafar sportchi qatnashadi?gan bo‘ldi

Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiadasida O‘zbekistondan 37 nafar sportchi qatnashadi?gan bo‘ldi


Joriy yilning 6—18-oktabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi qatnashadi.

Bu safargi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar litsenziya qo‘lga kiritish borasida rekordni yangilashga erishgan. 2010-yili Singapurda o‘tkazilgan ilk o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida 21 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekiston delegatsiyasi 2014-yili Nankin Olimpiadasida 28 nafar atlet qatnashgan. Bu safar Buenos-Ayres mezbonlik qiladigan o‘yinlarda esa mamlakat sharafini 36 nafar sportchi himoya qilishi haqida xabar berilgandi.

Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA)dan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga xabar berishlaricha, boks bo‘yicha qizlar o‘rtasida -51 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Xursanoy Xolmatova ham o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Shu tariqa o‘zbek sportchilarining Buenos-Ayresga boradigan sportchilari soni 1 nafarga ko‘paydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют