» » O‘zbek qilichbozi Jahon chempionatida 38-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbek qilichbozi Jahon chempionatida 38-o‘rinni qo‘lga kiritdi


Italiyaning Verona shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va kadetlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

MOQ xabariga ko‘ra, Buenos-Ayresdagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik yosh qilichbozlar ham ishtirok etmoqda.

Chempionatda shamshir yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fayzulla Alimov musobaqadagi chiqishini yakunladi. U yakkalik bahslarida qatnashib, 205 nafar sportchi orasida 38-natijani qayd etdi.

O‘zbekistonlik qilichbozlar endi rapira va qilich yo‘nalishlarida o‘z omadlarini sinab ko‘radi. Ertaga, 4-aprel kuni qilich yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi musobaqada Aysulu Usnatdinova bahslarga kirishadi. 5-aprel kuni kadetlar o‘rtasida qilich yo‘nalishida bellashuvlar start oladi. Unda Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Sherzod Mamutov, Jaloliddin Dushamboyev va Pazilbek Genjebayevlar qilichbozlik yo‘lakchasida o‘z mahoratlarini namoyish etadil.

Ertasiga ular jamoaviy bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. 7-aprel kuni esa o‘zbekistonlik rapirachi Umida Ilyosova yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют