» » O‘zbekistonlik qilichbozlar tarixda ilk bor Osiyo Chempionatida medal oldi. Evaziga ularga Spark, ustozlariga Cobalt berildi

O‘zbekistonlik qilichbozlar tarixda ilk bor Osiyo Chempionatida medal oldi. Evaziga ularga Spark, ustozlariga Cobalt berildi


Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatining sovrindorlari Toshkentda katta tantana bilan kutib olindi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qilichbozlikning qilich (sablya) yo‘nalishida o‘zbekistonlik sportchilar hech qachon sovrindor bo‘la olmagan. O‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi qit’a chempionatining jamoaviy bellashuvlarida esa delegatsiya kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Sportchilarni Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari, muxlislar, jurnalistlar kutib olgan. Keyin ular usti ochiq maxsus avtobuslarda MOQ binosiga olib kelingan. Bu yerda sport vaziri Shoakram Isroilov, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, Qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ularni kutib olgan.

Shu kuni Osiyo Chempionati sovrindorlari erishgan yutuqlari evaziga Spark avtomashinalarini qabul qilib oldi. Ularni tarbiya qilgan ustozlari esa Cobalt egasiga aylandi.

Avvolroq 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida zafar quchgan yigitlarning har biriga Prezident tomonidan Malibu avtomobillari sovg‘a qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют