» » O‘zbekiston og‘ir atletika termasi tarixda ilk bor Jahon Chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

O‘zbekiston og‘ir atletika termasi tarixda ilk bor Jahon Chempionatini kuchli uchlikda yakunladi


AQShning Anaxaym shahri mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon Chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor mundialni umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik atletlar Jahon Chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Doston Yoqubov barcha raqiblaridan yaxshiroq natija qayd etib, shohsupa cho‘qqisidan joy oldi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston termasining asosiy yulduzi hisoblangan Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov mashg‘ulotlarni endigina boshlagani uchun ham Jahon Chempionatida ishtirok eta olmagandi. Shunda ham o‘zbekistonlik sportchilar tarixdagi eng yaxshi natijani qayd eta oldi.

Delegatsiya 2 ta kumush medalni nishonladi. Avvaliga Farhod Sobirov, keyinroq Ivan Yefremov bu ishning uddasidan chiqa oldi. MOQ saytida yozilishicha, Farhod Sobirov o‘z vaqtida yoshlar o‘rtasida jahonning ikki karra g‘olibi bo‘lishga erishgan sportchidir.

Ivan Yefremov, shuningdek, bronza medalini ham qo‘lga kiritdi. Uning qatorida Adham Ergashev ham 3-o‘rindan joy oldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon Chempionatini umumjamoa hisobida Eron va Janubiy Koreyadan keyin kuchli uchlikda yakunladi. Endi mamlakat sportchilari 2018-yil Jakarta va Palembang mezbonligida o‘tadigan Osiyo O‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 11:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 127) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют