» » Boks. Rio Olimpiadasi sovrindori Murod Ahmadaliyev ilk jangida mag‘lub bo‘lib, JChni tark etdi

Boks. Rio Olimpiadasi sovrindori Murod Ahmadaliyev ilk jangida mag‘lub bo‘lib, JChni tark etdi


Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilardan biri o‘z ishtirokiga yakun yasadi.

Rio—2016 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan, Qatardagi Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqqan Murod Ahmadaliyev qozog‘istonlik raqibi Qayrat Yeraliyevga imkoniyatni boy berdi. Murod JChdagi ishtirokini 2-bosqichdan boshlagandi. Bu bosqichda u prinsipial raqibidan 1:4 hisobida yengildi.

Shu tariqa Murod Ahmadaliyev O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari orasidan birinchi bo‘lib mundial bilan xayrlashdi. Qayd etish kerak, o‘zbekistonlik bokschi Toshkentdagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Jahon chempionati esa uning uchun omadsiz keldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют