» » Toshkentda o‘zbekistonlik bokschilarni mag‘lub etishning iloji bo‘lmadi: 4 ta oltin medal

Toshkentda o‘zbekistonlik bokschilarni mag‘lub etishning iloji bo‘lmadi: 4 ta oltin medal


Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritib ulgurdi.

Hal qiluvchi final jangiga qadar 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib kelgan bo‘lib, ularning 4 nafari bugun — 6-may kuni jang o‘tkazdi.

Janglar Murod Ahmadaliyevning g‘alabasi bilan boshlanib, Bektemir Meliqo‘ziyevning muvaffaqiyati bilan yakuniga yetdi.

Mazkur bokschilar yarim finalga yetib kelganidayoq Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptasini hal qilib qo‘ygandi. Ertaga yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarida ringga chiqadi.

Finallar
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Jiavei Jang (Xitoy) — g‘alaba
-60 kg: Elnur Abduraimov — Shiva Tapa (Hindiston) — g‘alaba
-75 kg: Isroil Madrimov — Dong Yun Li (Janubiy Koreya) — g‘alaba
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) — g‘alaba

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют