» » OCh—2017. Besh nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga yo‘l oldi. Oldinda yana 4 ta jang bor

OCh—2017. Besh nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga yo‘l oldi. Oldinda yana 4 ta jang bor


Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi yetib kelgandi.

Kunning birinchi yarmida ularning besh nafari ringga chiqdi va barchasi hal qiluvchi final jangiga yo‘llanma oldi.

Murod Ahmadaliyev avvalgi bosqichda butanlik Nima Dordini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu safar u janubiy koreyalik sportchini ikkinchi raundda nokaut bilan taslim qildi. Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziyev ham xitoylik raqibini muddatidan avval mahf etishga erishdi.

Ular qatorida Jasur Latipov, Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov ham finalga yo‘l oldi. Madrimov va Latipov sakkiz nafar jangchisi yarim finalga qadar yetib kelgan Qozog‘iston delegatsiyasi a’zolaridan ustun keldi.

Oldinda yana to‘rtta jang bor. Ularning uchtasida Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etgan bokschilar ringga chiqadi.

-52 kg: Jasur Latipov — Azamat Isakulov (Qozog‘iston) — g‘alaba
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Yonxun Xan (Janubiy Koreya) — nokaut
-60 kg: Elnur Abduraimov — Jun Shan (Xitoy) — g‘alaba
-75 kg: Isroil Madrimov — Abilxan Amankul (Qozog‘iston) — g‘alaba
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Jyabin Xuan (Xitoy) — nokaut
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov — Amit (Hindiston) — 18:00
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Bekdaulet Ibragimov (Qozog‘iston) — 18:40
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Sajjad Kozimzodaposhtiriy (Eron) — 19:00
+91 kg: Bahodir Jalolov — Muhammad Mulayes (Suriya) — 19:30

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...