» » O‘zbekistonlik imkoniyati cheklangan yoshlar futzal bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik imkoniyati cheklangan yoshlar futzal bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi


18 yoshgacha bo‘lgan kar-soqovlardan iborat O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon Chempionatida zafar quchdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

Mundial bellashuvlariga Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik futzalchilar unda barcha raqiblarini mag‘lub etishga erishgan. Jamoa guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etishning uddasidan chiqqan: Shvetsiya 5:3, Indoneziya 17:2, Kuvayt 9:2.

Yarim finalda Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga raqib bo‘ldi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi final o‘yinida o‘zbekistonlik sportchilar yana bir bor Shvetsiyaga qarshi zalga chiqdi va 4:2 hisobida g‘olib chiqib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Xabarda aytilishicha, har bir o‘yin oldidan O‘zbekiston madhiyasi yangragan va sportchilar uni ko‘zlaridagi yosh bilan qarshi olgan.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют