» » Toshkentda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi

Toshkentda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi


Bugun, 26-mart dushanba kuni Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun O‘zbekiston chempionati boshlandi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi.

Respublika yengil atletika markazi mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqa kattalar, 19 hamda 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida tashkil etildi. Unda atletlar bosqon uloqtirish, nayza uloqtirish, disk uloqtirish, yadro uloqtirish, shuningdek, uzunlikka va balandlikka sakrash yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurashga kirishdi.

Kattalar o‘rtasidagi bahslar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan bo‘lsa, 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda Osiyo va jahon chempionatlarida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ladi.

17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada esa Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan nomzodlar saralab olinadi.

Bahslarda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 289 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘radi.

Qayd etilishicha, yaqinda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti tomonidan Surxondaryo hamda Qashqadaryo vohasidan 51 nafar sportchi saralab olingan. Ikki kun davom etadigan musobaqada aynan ushbu sportchilarning ishtirokiga ham alohida e’tibor qaratiladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют