» » O‘zbekistonlik paralimpiyachilar yengil atletika bo‘yicha Dubay Gran-prisida 4 ta medalga ega chiqdi

O‘zbekistonlik paralimpiyachilar yengil atletika bo‘yicha Dubay Gran-prisida 4 ta medalga ega chiqdi


BAAning Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida Fazza–2017 xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. 4 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza – jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu musobaqada 50 ga yaqin davlatlardan 400 dan ortiq paralimpiyachilar kuch sinashmoqda. 26-martga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi o‘z ishtirokini yakunlab bo‘ldi.

Natalya Semyonova yadro uloqtirish bahslarida kumush, nayza uloqtirish bo‘yicha oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Elbek Sultonov yadro va disk uloqtirish bahslarida bronza medallariga ega bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют