» » 41 yoshli Oksana Chusovitina AQShdagi musobaqada 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi (video)

41 yoshli Oksana Chusovitina AQShdagi musobaqada 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi (video)


O‘zbekistonlik 41 yoshli gimnastikachi, Olimpiya o‘yinlarining 7 karra ishtirokchisi Oksana Chusovitina 2017-yilning 24—26-fevral kunlari AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan Houston National Invitational xalqaro musobaqasida 4 ta medalga sazovor bo‘ldi, deb ma’lum qilmoqda “Gazeta.ru”.

Oksana Chusovitina tayanib sakrash va erkin mashqlar natijasiga ko‘ra 2 ta oltin medalga, yog‘och mashqlari va ko‘pkurash natijasiga ko‘ra esa 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid: Oksana Chusovitina ketma-ket 7 Olimpiadada ishtirok etgan gimnastikachi ayol sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga rasman kiritildi

Ayni vaqtda o‘zbekistonlik sportchi shu yilning 2—10-oktabr kunlari Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют