» » Hindistonlik erkak 45 sekundda 124 ta kokos yong‘og‘ini chaqdi

Hindistonlik erkak 45 sekundda 124 ta kokos yong‘og‘ini chaqdi


Hindistonlik 25 yoshli mexanik Abish Dominik 45 sekundda 124 ta kokos yong‘og‘ini sindirib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Rekordchi hammasi bo‘lib 145 ta kokosga zarba berdi, biroq faqat chaqilgan yong‘oqlar hisobga olindi. Bundan avvalgi rekordni Germaniyalik kishi bir daqiqada 118 ta kokosni chaqib, o‘rnatgan edi.

Daily Mail nashrining qayd etishicha, Dominik qo‘li bilan xokkey tayog‘i va shlemini sindirish qobiliyati tufayli allaqachon uch marta Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.

Shuningdek, u tishi bilan maktab avtobusi mahkamlangan arqonni tutib turgan. Erkak jarayon aks etgan videolavhani Ginnesning rekordlar kitobi rahbariyatiga jo‘natdi va kitob sahifasidan to‘rtinchi marta joy olishga umid qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют