» » Yangi Zelandiyani o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi (foto va video)

Yangi Zelandiyani o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi (foto va video)


Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahri yaqinida bir necha kundan buyon kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. O‘tgan kunlar ichida mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Ko‘pchilik odamlar olov tufayli o‘z uylaridan mahrum bo‘ldi. Aholining katta qismi evakuatsiya qilingan, tabiiy ofat oqibatida jabrlanganlar bor”, — deydi mamlakat bosh vaziri Bill Inglish.

Inglish bugun, 16-fevral kuni Kraystcherchga yetib keldi va hududni havodan ko‘zdan kechirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, olovning tarqalishini to‘xtatib turishga erishilmoqda, biroq yong‘in bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida deb bo‘lmaydi.

Olov allaqachon uch barobar katta hududga, 1800 gektargacha tarqalgan. Shaharda favqulodda vaziyat e’lon qilingan.

Yong‘in oqibatida o‘t o‘chirish vertolyotining uchuvchisi halok bo‘lgan. Yana ikki kishi shifoxonaga tushgan.

Olov 11 ta uy va ikki xo‘jalik binosini yo‘q qildi, 450 xonadon aholisi evakuatsiya qilingan. 130 ga yaqin xo‘jalik elektr ta’minotidan uzilib qolgan, uchta maktab va bir nechta yo‘l yopilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют