» » O‘zbekistonlik Misha Ge jarohati tufayli figurali uchishni 25 yoshida tark etishi mumkin

O‘zbekistonlik Misha Ge jarohati tufayli figurali uchishni 25 yoshida tark etishi mumkin


Figurali uchish bo‘yicha Sochi—2014 Olimpidasi ishtirokchisi, ko‘plab musobaqalar sovrindori o‘zbekistonlik Misha Ge o‘z faoliyati yakunlanishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

25 yoshli sportchi sportdagi faoliyatini boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inlar jarohati tufayli yakunlashi mumkin. Misha Ge jarohatini og‘irlashtirmaslik uchun o‘z dasturlarini osonlashtirishga harakat qilib kelmoqda.

“Novosti Uzbekistana” nashrining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik sportchi Janubiy Koreyaning Kannin shahrida 17–19-fevral kunlari o‘tkazilgan To‘rt qit’a chempionatida ishtirok etib, qisqa dasturda 81,85 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinni egalladi.

Menda boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inlarda muammo bor. Bu eski jarohat. Dasturlarimni osonlashtirishga harakat qilganman. Balki, bu men uchun so‘nggi mavsumdir. Ko‘ramiz. To‘rt qit’a chempionati men uchun oxirgi musobaqaga aylanishi mumkin.

Misha Ge, o‘zbekistonlik figurist

Ma’lumot uchun, Misha Ge 2014-yili Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida 17-o‘rinni egallagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют