» » Sanjar Tursunov jamoasi Shoahmedov va Abduxoliqovdan keyin Sardor Rashidov jamoasini ham mag‘lub etdi

Sanjar Tursunov jamoasi Shoahmedov va Abduxoliqovdan keyin Sardor Rashidov jamoasini ham mag‘lub etdi


Qatar Yulduzlar ligasining 21-turiga kelib o‘zbekistonlik futbolchilar harakat qilayotgan ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi.

Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Al-Haraytiyat” sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan Sardor Rashidovning “Al-Jaish” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda Tursunov to‘liq — 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Sardor Rashidov 67-daqiqada o‘z o‘rnini qatarlik futbolchiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Qayd etish kerak, bir tur muqaddam “Al-Haraytiyat” Sanjar Shoahmedov va Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘ynayotgan “As-Sayliya” klubidan ham ustun kelgandi. Ayni vaqtda Tursunov va jamoadoshlari turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib olgan. “Al-Jaish” esa mag‘lubiyatidan keyin kuchli uchlikni yakunlab turgan “Ar-Rayyan”dan 5 ochko ortda qolishni boshladi.

20 ochko bilan 11-o‘ringa tushib ketgan “As-Sayliya” bugun — 17-fevral kuni “Al-Ahli” maydonida saf tortadi.

Qatar Yulduzlar ligasi
21-tur
16-fevral, payshanba

Gollar: Romarinyo, 7 (0:1). Abdulaziz An-Ansori, 63 (1:1). Tiberkanine, 64 (2:1).

Опубликовано: admin (17-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют