» » O‘zbekistonda notariuslar 2019-yil 1-yanvardan biometrik va pasportga oid ma’lumotlarni mustaqil tekshiradi

O‘zbekistonda notariuslar 2019-yil 1-yanvardan biometrik va pasportga oid ma’lumotlarni mustaqil tekshiradi


2018-yil 14-sentabrdagi hukumat qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma’lumotlarini tekshirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

Notarial harakatni amalga oshirish uchun davlat notarial idoralariga murojaat qilgan shaxsga oid ma’lumotlar notariuslar tomonidan barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali mustaqil tekshiriladi.

Bunda notarius biometrik, shuningdek, pasport ma’lumotlarini tekshirish uchun idoralararo elektron tizim orqali so‘rov yuboradi.

Vakolatli organ notarius so‘rovnomasiga asosan ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

Mazkur jarayonni amalga oshirish notarial harakat turiga qarab 15-30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют