» » Nigeriyada suv toshqini oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Nigeriyada suv toshqini oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi


Nigeriyada yirik ko‘lamdagi suv toshqinlari oqibatida oxirgi kunlar davomida yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi. Davomli yomg‘irlardan so‘ng mamlakatning ikki yirik daryosi — Niger va Benue qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Bu haqda 17-sentabr kuni mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish milliy boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Jumladan, qishloq tumanlarida ekinlar, turar-joylar, avtomobil yo‘llarini suv bosganligi ta’kidlanmoqda. Nigeriya markazi va janubida minglab odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Eng og‘ir vaziyat Niger shtatida yuzaga kelgan. U yerda tabiiy ofat 40 kishini hayotdan olib ketdi. Suv toshqini Nigeriyaning jami 12 shtatiga daxl qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют