» » Abdulaziz Komilov AQShning xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov AQShning xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha elchisini qabul qildi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbekni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida joriy yil 27-iyul kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomi sifatida diniy erkinliklar ta’minlanishi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Elchi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi” mavzusidagi davra suhbatida ishtiroki to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Diniy erkinliklar amaliyotini yaxshilash sohasida hamkorlik masalasi, jumladan, nohukumat tashkilotlari va tahliliy doiralar o‘rtasidagi aloqalar bo‘yicha O‘zbekiston—AQSh muloqotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют