» » Samsung arzon smartfonlar qatorini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Samsung arzon smartfonlar qatorini ishlab chiqarishni to‘xtatadi


Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlari qatoridan voz kechishni ko‘zlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ayni paytda kompaniya hamyonbop Galaxy J/On smartfonlarini sotmoqda. Ularning narxi Galaxy A va Galaxy S/Note narxlarining o‘rta kategoriyasiga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqaruvchi Galaxy M qatorini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu esa savdo tizimini qayta tashkillashtirishni talab qiladi.

Galaxy M seriyasi Galaxy J qatorining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Bunda yangi qator telefonlarining yanada arzonroq bo‘lishi istisno qilinmayapti.

Shuningdek, Galaxy A seriyasi modellarining bir qismi pastki narx guruhiga o‘tishi xabar qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют