» » Uzcard monopoliyasiga barham beriladi: O‘zbekistonda banklararo protsessing markazi tashkil etiladi

Uzcard monopoliyasiga barham beriladi: O‘zbekistonda banklararo protsessing markazi tashkil etiladi


O‘zbekistonda Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, chakana to‘lovlarni qayta ishlash bo‘yicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy to‘lov tizimining xavfsizligi darajasini kamaytirmoqda, to‘lov infratuzilmasining yagona integrallashuviga erishish imkonini bermayapti hamda bir monopol tizimning mutlaq ustun bo‘lishiga olib kelmoqda.

Bundan tashqari, to‘lov tizimlari operatorlarining faoliyati qonunchilik darajasida tartibga solinmaganligi ularning rivojlanishini cheklamoqda va mazkur tizimlarning ishonchli ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Markaziy bankka:

2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2019-yil 1-iyulga qadar Markaziy bank Milliy banklararo protsessing markazi, banklararo to‘lov tizimi va kliring markazining faoliyat yuritishi uchun ma’lumotlarni qayta ishlovchi to‘laqonli markaz yaratilishini;

2020-yil 1-yanvarga qadar mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi banklar o‘rtasida axborot va texnologik aloqa o‘rnatishga ko‘maklashuvchi Milliy banklararo protsessing markazi ishga tushirilishini;

2020-yil 1-iyulga qadar mamlakatdagi barcha protsessing markazlari, jumladan, xalqaro to‘lov tizimlarining bevosita Milliy banklararo protsessing markazining yagona shlyuzi orqali ishlashini;

Bank to‘lov infratuzilmasi doimiy ravishda yaxshilanishini, bankomatlar va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p funksiyali terminallar tarmog‘ining, shu jumladan, o‘z tasarrufidagi korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda kengaytirilishini ta’minlash topshirildi.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda Milliy banklararo protsessing markazi loyihasini amalga oshirish davomida mavjud protsessing markazlarining Milliy banklararo protsessing markazi bilan integratsiyalashuvini va o‘zaro xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Chakana to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank tariflari banklar xarajatlari qoplanishini ta’minlash va raqobatga ko‘maklashish uchun ma’muriy aralashuvlarsiz xalqaro tajribaga muvofiq o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют