» » Toshkentlik shaxs internet orqali tanishgan jazmanining erini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Toshkentlik shaxs internet orqali tanishgan jazmanining erini bo‘g‘ib o‘ldirdi


Toshkentda 1986-yilda tug‘ilgan Xolidbek Mahkamov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Mohira ismli qiz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib qolgach, turli mavzularda maroq bilan gaplashadigan bo‘ldi, deyiladi “Huquq” gazetasida e’lon qilingan maqolada. Erkak ham, ayol ham oilasini unutdi. Tanishib olganlaridan keyin tez-tez uchrashib turadigan bo‘ldi. Bu uchrashuvlar oxir-oqibat ularni xiyonat qilishga undadi.

Xolidbek Mohiraga eridan ajrashish talabini qo‘ya boshlaydi. U xotinidan voz kechishini, o‘zi unga uylanishini aytdi. Ammo Mohira jazmanining talabiga ko‘nmadi. Eri bilan ajrashishdan bosh tortdi.

Xolidbek esa qarorida qat’iy turib oldi. Mohiraga yetishishning turli yo‘llarini qidira boshladi. Shunda o‘z jazmaniga erishish yo‘lida uning erini oradan olib tashlashga qaror qildi.

Mohiraning turmush o‘rtog‘i shifokor edi. Xolidbek sherigi bilan Mohiraning erini kasal ko‘rib qo‘yish bahonasida oldindan tayyorlab qo‘yilgan uyga chaqiradi. Ichkariga kirgach, urib-tepib, oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘yadi. Salkam uch kun hatto suv ham bermay, shu tarzda majburan tutqunlikda saqlab, keyin bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Qotillar uning plastik kartochkasi, uyali telefon apparatlari, bir necha so‘m puli, jami 11 million 805 ming so‘mlik shaxsiy buyumlarini o‘zlashtirib oladi. Fuqarolik pasportini yoqib yuboradi. O‘zini esa yana bir tanishlarining avtomashinaga ortib, daryo bo‘yida qazilgan chuqurga ko‘mib yuboradi.

Xolidbek va uning hamtovog‘i tomonidan amalga oshirilgan xunrezlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan fosh etildi.

Sud tomonidan ikki qotil uzoq yillik muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Avtomashinasi bilan jinoyatga sherik bo‘lgan uchinchi shaxsga ham tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют