» » Bosh vazir Abdulla Aripov XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga mukofot pullarini topshirdi

Bosh vazir Abdulla Aripov XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga mukofot pullarini topshirdi


Bugun, 21-sentabr kuni Toshkentdagi Milliy olimpiya qo‘mitasida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. Bosh vazir hukumat nomidan Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilariga mukofot pullarini topshirdi. Unga ko‘ra, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan sportchi 5000 dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘lgan bo‘lsa, kumush medalini qo‘lga kiritgan sportchi 3000 dollar mukofot bilan taqdirlandi. Bronza medali sohiblariga esa 2000 dollar mukofot pullari topshirildi.

Ma’lumot uchun, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 30 ta sport turi bo‘yicha 232 nafar sportchi himoya qildi. Shundan 21 nafar sportchi oltin, 24 sportchi kumush va 25 nafar sportchi bronza medalni qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют