» » Tojik shoiri va faylasuf olim Jaf’ar Muhammad ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

Tojik shoiri va faylasuf olim Jaf’ar Muhammad ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida tashkil etilgan ma’rifiy kecha o‘zbek va tojik xalqlarining azaliy do‘stligini tarannum etib kelayotgan shoir, tarjimon, faylasuf olim Jaf’ar Muhammad ijodiga bag‘ishlandi, deb yozadi O‘zA.

Badiiy kechada taniqli ijodkorlar va san’at ustalari, Respublika tojik milliy madaniy markazining faollari ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R.Qurbonov va boshqalar Markaziy Osiyoda qadimdan birga yashab kelayotgan o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi adabiy, ilmiy-madaniy hamkorlik azaldan mustahkam asoslarga ega ekanini ta’kidladi.

Ijodiy kechada Jaf’ar Muhammad ijodidan namunalar o‘qilib, san’atkorlar tomonidan o‘zbek va tojik kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют