» » Qozog‘iston va O‘zbekiston ikki xalq tilini o‘qitishda ko‘maklashishga kelishib oldi

Qozog‘iston va O‘zbekiston ikki xalq tilini o‘qitishda ko‘maklashishga kelishib oldi


Osiyoda Hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash mamlakatlarining Milliy-madaniy markazlari forumi doirasida Qozog‘iston xalq assambleyasi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, memorandum allaqachon amalga oshirilayotgan va olib borilayotgan ishlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.

U har ikki mamlakatda qozoq va o‘zbek tillarini o‘qitish masalasiga alohida to‘xtaldi. “Memorandumda Qozog‘istonda o‘zbek tilini, O‘zbekistonda qozoq tilini o‘qitishga o‘zaro ko‘maklashish haqida aytiladi. Bizda ta’lim qozoq tilida olib boriladigan 100 ga yaqin maktab, qozoq tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha uchta fakultet bor, Qoraqalpog‘istonda esa nafaqat tilning o‘zi o‘rgatiladi, balki matematika, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha qozoq tilida dars o‘ta oladigan pedagoglar tayyorlanadi. Memorandum bu ishni kengaytirib, uni yanada boyitish imkonini beradi”, — dedi Rustam Qurbonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют