» » Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyatlari kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyatlari kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyatlari kengashi raisi, Mo‘g‘uliston Qahramoni, kosmonavt Jugderdemidiyn Gurragcha boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov delegatsiya a’zolariga Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur qo‘mita faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi. Hozirgi kunda qo‘mita “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi vatandoshlarimiz bilan yaqin munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Uchrashuvda mamlakatnning turistik salohiyati xususida ham ma’lumot berildi. O‘zbekistonda har yili bir nechta xalqaro turistik yarmarka va festivallar tashkil etiladi. Unda Mo‘g‘uliston turistik kompaniyalarining ishtiroki ikki davlat xalqlari uchun foydali bo‘lishi ta’kidlandi.

J.Gurragcha samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston bilan avvaldan do‘stona aloqalar o‘rnatilgani va an’anaviy madaniyat kunlari tashkil qilinib kelinganini esladi. Koinotga birga uchgan o‘zbekistonlik fazogir Vladimir Jonibekov bilan hozirgacha do‘stona aloqada ekanini ta’kidladi. Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad ham shu aloqalarni tiklashdir.

Uchrashuv doirasida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyatlari kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют