» » “O‘zbekiston—Turkiya” do‘stlik jamiyatiga yangi rais tayinlandi

“O‘zbekiston—Turkiya” do‘stlik jamiyatiga yangi rais tayinlandi


“O‘zbekiston—Turkiya” do‘stlik jamiyatining navbatda majlisida nafaqat dolzarb masalalar muhokama qilindi, balki yangi rais ham tayinlandi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

Do‘stlik jamiyati a’zolarining yig‘ilishi 11-aprel kuni O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy va ma’rifiy aloqalari va do‘stlik jamiyati kengashining raisi hamda uning o‘rinbosari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar Jamiyatning faoliyati, jumladan uning so‘nggi aksiyalaridan biri — O‘zbekiston turizm sanoati vakillari ushbu tashkilot bilan birgalikda 2016-yil 28—31-yanvar kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan “EMMITT—2016” sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etgani haqida gapirdi. Jamiyat faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston-Turkiya” do‘stlik jamiyati yangi raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Jamiyat a’zolari, uning boshqaruv va taftish komissiyasi bir ovozdan Anvar Sharapov nomzodini tanladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют