» » Singapur O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda

Singapur O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda


O‘tgan yilning aprel oyida O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 20 yil to‘ldi. Shu vaqt mobaynida ikki tomonlama biznes forumlar muntazam ravishda tashkil etilib, O‘zbekiston idoralari vakillari singapurlik hamkasblar bilan tajriba almashdi, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Poytaxt hokimligiga Singapurning Modern Montessori International kompaniyasi raisi T.Chandru va CISTECH International Pte Ltd kompaniyasi direktori B.Mekani tashrif buyurdi.

Singapur vakillari Modern Montessori International O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirishda Singapur kompaniyalari ishtirokini faollashtirish masalalarini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi.

Toshkent shahar hokimligi Singapur ishbilarmonlariga yordam berishga tayyorligini bildirdi va tomonlar Singapurning kadrlar tayyorlash bo‘yicha markaz hamda markaz qoshida — bolalar ta‘lim muassasalarini qurishi masalasini muhokama qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют