» » O‘zbekiston vakillari raqamli hukumatni shakllantirishdagi Singapur tajribasini o‘rgandi

O‘zbekiston vakillari raqamli hukumatni shakllantirishdagi Singapur tajribasini o‘rgandi


O‘zbekiston delegatsiyasi raqamli hukumatni shakllantirishda mamlakatning ilg‘or tajribasini o‘rganish uchun Singapurga tashrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi xodimlari O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga kirdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi SCE rahbariyati va vakillari, GovTech hukumat texnologiyalari agentligi, Singapur Milliy universiteti Tizimli fanlar instituti qoshidagi Elektron hukumatning yetakchilik markazi, KDi Asia Pte. Ltd, Ecquaria, vCargo Cloud, SMRT, ST Electronics, NCS va Surbana Jurong kompaniyalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Nanyang texnologiya universiteti, Jurong shahar kengashi, Singapur kiber xavfsizligi agentligi, Singapur yer transport boshqarmasi va Infocomm Media Development Authority (IMDA) vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston vakillari elektron va raqamli hukumatni rivojlantirishning asosiy bosqichlari, shuningdek, “aqlli shaharlar” yaratish bilan tanishdi. Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda AT-mutaxassislar tayyorlash va innovatsiyalarni tatbiq etish bo‘yicha Singapur tajribasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar AT-infratuzilma va ma’lumotlarni himoya qilishda kiber xavfsizlik masalalari, shuningdek, “xavfsiz shahar” loyihasi amalga oshirilishini muhokama qildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston vakillari Singapurda ishlab chiqarilayotgan hamda joriy qilinayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi. Xususan, Nanyang texnologiya universitetida singapurliklarning Niderlandiya 2 Get There kompaniyasi bilan hamkorlikdagi haydovchisiz shahar avtobuslarining ishlanmasi namoyish etildi. Hozirda bunday avtobuslar “Changi” xalqaro aeroportida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tashkilotlari uchun biznes-jarayonlarning reinjiniringi hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют