» » O‘zbekistonda kelasi yil bir vaqtning o‘zida bir nechta OTMlarga o‘qishga kirish imkoniyati beriladi

O‘zbekistonda kelasi yil bir vaqtning o‘zida bir nechta OTMlarga o‘qishga kirish imkoniyati beriladi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-aprelgacha abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta OTMlarga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi, shuningdek, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish kvotalarini bekor qiluvchi hujjat tayyorlanishi kerak, deb yozadi “Podrobno.uz” davlat rahbari farmoniga asoslanib.

Ushbu hujjatning tayyorlanishi uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi mas’uldir.

Unda ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganish asosida yangi oliy ta’lim muassasalarini, shu jumladan, chet el va mahalliy OTMlarning filiallarini, shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tashkil etishni ko‘zda tutish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, talabalarni to‘lov-shatnoma asosida OTMlarga qabul qilish kvotalari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Xususan, OTMlarga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish kvotalarini OTMlarning quvvati va kadrlarga ehtiyojdan kelib chiqib mustaqil belgilash huquqini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Abituriyentlarga esa bir vaqtda bir nechta OTMlarga hujjat topshirishga ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 09:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют