» » Oliygohlarga yuqori kontrakt narxlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish kvotalari 10-oktabrdan keyin e’lon qilinadi

Oliygohlarga yuqori kontrakt narxlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish kvotalari 10-oktabrdan keyin e’lon qilinadi


Oliy o‘quv yurtlariga yuqori kontrakt narxlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish kvotalari 10-oktabrdan keyin e’lon qilinadi. Bu haqda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tayanib, Uz24 xabar berdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti vakillari kvotalar va kontrakt summalari 20-oktabr atrofida e’lon qilinishini tasdiqladi.

O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan 2017/2018-o‘quv yilidan kirish imtihonida yetarli ball to‘play olmaganlar yuqori kontrakt baholari bo‘yicha o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi. Qabul kvotalari miqdorini maxsus komissiya belgilaydi.

Qabul abituriyentlarning to‘plagan balli ketma-ketligiga qarab belgilanadi. Bunda abituriyent o‘tish ballini (68 balldan yuqori) to‘plagan bo‘lishi va kontraktni to‘lash imkoniga ega bo‘lishi talab etiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 20:27)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют