» » O‘zbekistonlik rejissorning “Choy” filmi Tojikistondagi xalqaro kinofestivalda Gran-Prini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik rejissorning “Choy” filmi Tojikistondagi xalqaro kinofestivalda Gran-Prini qo‘lga kiritdi


Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “Navsoz” kinofestivalida o‘zbekistonlik rejissor Shokir Holiqovning “Choy” filmi Gran-prini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Turon24”. Kinofestivalda 8 ta mamlakatdan 16 ta film saralab olingan. 6 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.

Shokir Holiqov nashrga bergan intervyusida bu tanlovda avval ham qatnashganini, lekin oldingi safar o‘rin olmaganini aytdi. “‘Choy’ filmini diplom ishi sifatida suratga olganman. Davomiyligi 16 daqiqa. Ssenariy muallifi – o‘zim, operator – Akmal Mamatov, rassom – Erkin Xushmatov. Filmda Oybarchin Abdullayeva va Adham Yusufaliyev rol o‘ynagan. Film g‘oyasi o‘zimning hayotiy kuzatuvlarimdan olingan. Imkoniyati cheklangan chol, kelin va nabirasi. Chol o‘zining xonasida yotibdi, choy ichmoqchi bo‘ldi. Qaraydi: tokchada choy turibdi. Kelinni chaqiradi, lekin kelin bolasiga qarayman deb ko‘chaga chiqib ketadi. Shunda chol o‘zi choyni olishga urinadi va aravachasiga o‘tirib tokchaga qarab yuradi. Lekin o‘sha choyga ham umid qilib turganlar bor. Shu yerda kontrast hosil bo‘ladi”, — dedi rejissor.

Shokir Holiqov “Choy” filmining tasvirga olinganiga endi 2 oy bo‘lganiga qaramay, su vaqt ichida 5 ta xalqaro festivalga qabul qilinganini aytdi. “Ikkita tanlov o‘tdi, Qozog‘istonda “Baykanur” qisqa metrajli filmlar festivalida konkursdan tashqarida qo‘yildi. Ikkinchisi esa “Navsoz”. Qolgan 3 ta tanlov endi bo‘ladi. 23—28-okyabr kunlari o‘tadigan Hindistondagi “Alfa Mirama-2018” kinofestivali, Qirg‘izistondagi “Umut” yosh kinoijodkorlar festivali va Rossiyaning Perm shahrida bo‘ladigan “Lampa” xalqaro qisqa metrajli filmlar tanlovida ham “Choy” filmim bilan ishtirok etyapman”, — dedi u.

Bundan oldingi filmlari haqida gapirar ekan, rejissor “Bizni tushunishmaydi” va “Dilemma”ni sanab o‘tdi. “Bizni tushunishmaydi” filmi 8 ta xalqaro tanlovda qatnashgan, 4 tasida g‘olib bo‘lgan. “Dilemma” O‘zbekiston miqyosida bo‘lgani uchun xalqaro tanlovlarga yuborilmagan.

Ta’kidlanishicha, “Navsoz” kinofestivalida Tojikiston 5 ta film bilan, Qozog‘iston 3 ta film, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston, AQSh va Belorussiya ikkitadan qisqa metrajli film bilan ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют