» » O‘zbekistonlik yigit Los-Anjelesdagi kinofestivalda o‘zining qisqa metrajli filmi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yigit Los-Anjelesdagi kinofestivalda o‘zining qisqa metrajli filmi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi


Anvar Madraimov joriy yilning yozida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Hollyshorts Film Festival kinofestivalida o‘zining A Brithday Card filmi bilan qatnashib yosh kinomatograflar orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Narimon Madraimov “Daryo”ga xabar berdi.

Bu endi boshalanyotgan faoliyatim davomida qo‘lga kiritgan birinchi mukofotim va men buni O‘zbekiston Mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlashni istayman. Men sevimli mamlakatimiz va mehribon xalqimiz barcha yuksak marralarni egallashini tilayman.

Biz nafaqat kino sanoatimizni yaxshilay olamiz, balki jahon maydonlarida ham o‘z so‘zimizni ayta olishimizga ishonaman.

Anvar Madraimov

Anvar Madraimov 1995-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Turin universitetining poytaxtdagi litseyida o‘qigan. Shundan so‘ng 2013—2017-yillar oralig‘ida Los-Anjelesdagi New York Film Academy kino maktabining kinomatografiya fakultetida tahsil olgan.

Hollyshorts Film Festival festivalida faqatgina qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi. U Kaliforniya shtatidagi eng nufuzli festivallardan biri bo‘lib, Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda unda 65 mamlakatdan 4000 ga yaqin filmlar ishtirok etdi. 10 kun davom etgan festivalning 4 kuniga Anvarning filmi drama yo‘nalishida namoyish etilgan.

A Birthday Card filmi yangi yoki yaxshi tanish bo‘lgan eski hayot o‘rtasidagi tanlov haqida so‘zlaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют