» » Shayx Muhammad Avvoma Qashqadaryo va Surxondaryoni ziyorat qildi (foto)

Shayx Muhammad Avvoma Qashqadaryo va Surxondaryoni ziyorat qildi (foto)


23-sentabr, yakshanba kuni shayx Muhammad Avvoma hazratlarining O‘zbekistondagi ziyoratlarining beshinchi kuni Qarshi shahridan boshlandi. Ertalab Abu Mu’in Nasafiy hazratlarining ziyoratlariga borildi. Bu haqda “Islom.uz” xabar bermoqda.

Ziyorat asnosida shayx Muhammad Avvoma hazratlari Nasafdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar haqida suhbat qildilar. Qarshi shahridagi ziyoratdan so‘ng mehmonlar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Imom Abu Iso Termiziy hazratlarining ziyoratlarida bo‘ldilar. Ushbu ziyoratdan so‘ng shayx Muhammad Avvoma hazratlari ziyoratgoh yonidagi masjidda Imom Abu Iso Termiziy hazratlarining kitoblari haqida ma’ruza qildilar.

Surxondaryo viloyatidagi keyingi ziyorat Termiz shahrida joylashgan Hakim Termiziy hazratlarining ziyoratlari bo‘ladi. Ushbu ziyoratdan so‘ng shayx Muhammad Avvomaning Surxondaryo viloyatidagi ziyoratlari yakuniga yetadi. Mehmonlarning O‘zbekiston bo‘ylab ziyoratlari davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют