» » Samarqandda bosma nashrlar adadi kamayib ketgani tanqid qilindi

Samarqandda bosma nashrlar adadi kamayib ketgani tanqid qilindi


Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nabijon Turdiyev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

Uning o‘rniga shu paytgacha viloyat hokimligi matbuot kotibi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Mannop Ibodullayev tayinlandi.

Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda viloyatdagi nashrlar adadi kamayib ketgani ham tanqid qilindi. Qariyb 4 million kishi istiqomat qilayotgan Samarqandda bugungi kunda viloyat, shaharlar va tumanlar gazetalari jami 72978 ta nusxada chop etilmoqda.

Xususan, rus tilida “Samarkandskiy vestnik” gazetasi 4063 va tojik tilida “Ovozi Samarqand” gazetasi 2400 nusxada chop etilishi viloyatda yashayotgan rus va tojikzabon aholining ehtiyojini to‘la qondirolmasligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют