» » O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holatlari to‘g‘risidagi videoyozuv uchun 9 ming so‘m mukofot puli beriladi

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holatlari to‘g‘risidagi videoyozuv uchun 9 ming so‘m mukofot puli beriladi


Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan boshlab:

Shuningdek, qaror bilan Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Shu bilan birga nizom ayrim masalan, xavfsizlik kamari taqmaslik, tezlikni oshirish, mast holda boshqarish, piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi kabi huquqbuzarliklarga tadbiq etilmaydi.

Ichki ishlar vazirligiga 2019-yil 1-iyulga qadar videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizimni ishga tushirilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют