» » Netanyaxu Putinga Isroil o‘z xavfsizligini himoya qilishda davom etishini aytdi

Netanyaxu Putinga Isroil o‘z xavfsizligini himoya qilishda davom etishini aytdi


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbati haqida xabar berdi, deb yozadi “MK.ru”. Muloqot Moskva Suriyaga S-300 majmuasini yetkazib berish rejasini ma’lum qilganidan keyin bo‘lib o‘tdi.

Netanyaxu Putinga zamonaviy qurol-yarog‘larning mas’uliyatsiz qo‘llarga berilishi mintaqadagi xavflarni kuchaytirishini aytdi.

“Isroil o‘z xavfsizligini himoya qilishda davom etadi”, — dedi u muloqot chog‘ida. Nashr taxmin qilishicha, Isroil bosh vaziri Suriyadagi Eron foydalanishi mumkin bo‘lgan obyektlarga zarbalar berishni nazarda tutgan.

Bundan tashqari, Netanyaxu Rossiyaning Il-20 samolyoti halokati bo‘yicha Isroil versiyasiga ishonishda davom etishini aytib, isroillik uchuvchilarning aybdorligini rad etdi, hodisada esa Suriya va Eronni aybladi.

“Isroil va Rossiya Il-20 bilan bog‘liq voqeadan keyin ekspertlar muloqotini va harbiylar koordinatsiyasini davom ettiradi”, — deya ma’lum qilindi telefon suhbati chog‘ida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют