» » O‘zbek kitoblari Frankfurtda namoyish etiladi

O‘zbek kitoblari Frankfurtda namoyish etiladi


2018-yil 10—14-oktabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida o‘tkaziladigan “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko‘rgazmasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi nashriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zbek noshirlari hamda matbaachilari erishgan yutuqlar aks ettirilgan taqdimotlar bilan ishtirok etadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, G‘afur G‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi, “Ma’naviyat” nashriyot-matbaa uyining 500 ga yaqin O‘zbekistonning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari aks ettirilgan kitob-albomlar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va badiiy asarlari namoyish etilishi kutilmoqda.

Ayni paytda “Messe Frankfurt” ko‘rgazmalar maydonida O‘zbekiston milliy pavilonini yaratish va pardozlash bilan bog‘liq tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko‘rgazmasi dunyodagi eng yirik madaniy festival bo‘lib, unda 130 dan ortiq mamlakatning 180 mingdan ziyod savdo tashkiloti, noshirlar, matbaa texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniya vakillari, reklama agentliklari qatnashadi.

Yetmish yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy ko‘rgazma doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, forum, ko‘rik-tanlov va festivallar, madaniyat namoyandalari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, jahon mamlakatlarining noshirlik, matbaa yo‘nalishida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, ilmiy va ma’rifiy sohalardagi intellektual salohiyati namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют