» » “G‘afur G‘ulom” nashriyotida “Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar chop etildi

“G‘afur G‘ulom” nashriyotida “Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar chop etildi


“G‘afur G‘ulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar chop etildi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Nashr etilgan kitoblar ro‘yxatida Luqmon Bo‘rixonning “Titrayotgan tog‘”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Qo‘chqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha” va Abduqayum Yo‘ldoshevning “Osmon og‘ushi” asarlari bor.

Kitoblar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tashkil etgan tanlov natijalaridan kelib chiqqan holda nashr qilindi.

“Tanlov ‘O‘zbekiston adabiyoti va san’ati’ gazetasida e’lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan ko‘plab asarlar orasida shu to‘rtta kitob tanlab olindi va ‘G‘afur G‘ulom’ nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Ularning har birida jamiyatning biror sohasida xizmati singgan zamonamiz qahramonlari hayoti aks ettirilgan. Luqmon Bo‘rixonning ‘Titrayotgan tog‘’ romanida temiryo‘lchilar, Abduqayum Yo‘ldoshevning ‘Osmon og‘ushi’ asarida uchuvchining hayoti, Qo‘chqor Norqobilning ‘Bu yerlarda hayot boshqacha’ asarida chegarachilar hayoti tasvirlangan. Isajon Sultonning ‘Hazrati Xizr izidan’ asari esa o‘zbek olimining chet elga chiqishi haqida”, —deydi “G‘afur G‘ulom” nomidagi NMIU xodimi Sanjar Tursunov.

Kitoblar uch ming tirajda chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют