» » Endi viloyat kutubxonalariga kitoblar bepul yetkazib beriladi

Endi viloyat kutubxonalariga kitoblar bepul yetkazib beriladi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan mamlakatdagi nashriyotlarda chop etilgan badiiy-ilmiy, siyosiy-ijtimoiy, falsafiy va ommabop kitoblar, darsliklar, lug‘atlar, ensiklopedik to‘plamlar viloyat axborot kutubxonalariga bepul yetkazib beriladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Agentlik tizimidagi nashriyot va nashriyot-matbaa ijodiy uylarida 2017-yil yakuni bo‘yicha jami 516 nomdagi 33,2 million nusxada kitob mahsulotlari nashr etildi.

Nashr etilgan kitoblarning targ‘iboti bo‘yicha “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Mahalla” va hududiy telekanallar bilan samarali hamkorlik qo‘yilgan.

Shuningdek, kitobxonlik, kitob o‘qish va mutolaa madaniyatini oshirish hamda yangi badiiy adabiyotlar muhokamasiga yo‘naltirilgan “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “Radiokitob”, “Kitob haqida”, “Kitob shou”, “Meni o‘zgartirgan kitob”, “Ijodiy uchrashuv”, “Mutolaa zavqi”, “Kitob va kitobxon” hamda

“Yangi nashr” teleloyihalari amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentning 19-fevraldagi farmoniga asosan endi Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют