» » YHX xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan transportlar ma’lum qilindi

YHX xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan transportlar ma’lum qilindi


Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan transport vositalari haqida ma’lumot berildi.

Quyida ushbu transport vositalari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

— yopiq joylarda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo‘l va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari);

— faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari;

— tramvay va trolleybuslar;

— Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan harbiy transport vositalari.

“Ushbu transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют