» » Xotin-qizlar qo‘mitasi joylarda kam ta’minlangan ayollarning muammolarini o‘rganmoqda

Xotin-qizlar qo‘mitasi joylarda kam ta’minlangan ayollarning muammolarini o‘rganmoqda


26-sentabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston XDP hamkorligida Zangiota tumani “Mevazor” MFYda “Ayollar ijtimoiy himoyasi-ijtimoiy faollik poydevori” mavzusidagi aksiya o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda deputat ayollar, bank xodimlari, Bandlikka ko‘maklashish markazi, nogironlar jamiyati, Yergeodezkadastr tuman bo‘limi vakillari, og‘ir ijtimoiy faziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar, pensionerlar ishtirok etdi.

Mazkur aksiya davomida nogironligi bo‘lgan, yashash sharoiti og‘ir, uy-joyga ehtiyoji bor, kam ta’minlangan, ish bilan ta’minlanmagan ayollar xonadoniga tashrif buyurildi, muammolari o‘rganildi va ularni yechimi yuzasidan ko‘mak berildi.

Ish bilan ta’minlanmagan xotin-qizlarni ishga joylashtirishga, o‘z biznesini boshlashi uchun kredit olib berishga ko‘mak berildi.

Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalardagi ayollar, onalar va bolalar, pensionerlar uchun kun davomida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, tibbiy ko‘rik davomida malakali tibbiy muolajaga muhtoj, moddiy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar bepul davolanish uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlandi.

Tadbir davomida yashash sharoiti qiyin, ish bilan ta’minlanmagan hamda nogiron ayollar istiqomat qiladigan xonadondan bir nechtasiga homiylarni jalb qilgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari yoki kiyim-kechaklar ajratildi, nogironligi bo‘lgan ayollarga o‘z ishini boshlash uchun dastlabki yordam berildi, nogironligi bor ayollarga nogironlik aravachalari va qultiqtayoqlar taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 1) ( 43) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...