» » Olimlar chekishning yana bir salbiy oqibatini aniqladi

Olimlar chekishning yana bir salbiy oqibatini aniqladi


Tamaki mahsuslotlarini suiiste’mol qilish nafaqat o‘pka saratoni, astma, va o‘pkaning xronik kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi, balki immunitet faolligini sezilarli pasaytiradi. Bu haqda biologlarning Journal of Endodontics jurnalidagi xulosasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Bu nima uchun ko‘plab chekuvchilar kariyes va og‘iz bo‘shlig‘ining boshqa kasalliklaridan aziyat chekishini hamda ularning milki chekmaydigan kishilarnikiga nisbatan sekinroq jonlanishini tushuntirishi mumkin. TNF-alfa va hBD-2 oqsillari organizmning kurash qobiliyatida katta rol o‘ynaydi. Chekish esa ularni himoyaga kirishishdan oldin “o‘ldiradi”.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, Yerda taxminan 1,1 milliard chekuvchi mavjud. Ularning katta qismi rivojlangan mamlakatlarda va o‘tish davridagi davlatlarda yashaydi. Britaniyalik shifokorlarning so‘nggi tadqiqotlari chekuvchilarning taxminan 60 foizi aynan tamakini ko‘p iste’mol qilish oqibatida vafot etishini ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют