» » Poroshenko BMTda Rossiyaning Azov dengizini “bosib olish” istagi haqida ma’lum qildi

Poroshenko BMTda Rossiyaning Azov dengizini “bosib olish” istagi haqida ma’lum qildi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlayotib, Rossiyaning Azov dengizini “bosib olish” istagi haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Shu munosabat bilan Ukraina prezidenti Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Shuningdek, Poroshenkoning ta’kidlashicha, Qrim ko‘prigi qurilganidan keyin Rossiya Kerch bo‘g‘ozi orqali “xalqaro navigatsiya erkinligini muntazam ravishda buzishni boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xatti-harakatlar “noqonuniy” deb topilib, to‘xtatilishi kerak.

“Ularga sanksiya siyosatining kuchaytirilishi va boshqa aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan choralar ko‘rinishidagi qat’iy javob berilishi kerak”, — deya xulosa qildi Poroshenko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют