» » Toshkent metrosida talaba poyezd yo‘liga tushib ketdi

Toshkent metrosida talaba poyezd yo‘liga tushib ketdi


Bugun, 27-sentabr kuni soat 13 dan 49 daqiqa o‘tganda Toshkent metropoliteni “Novza” bekatining ikkinchi yo‘liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketgan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati tufayli talaba o‘z vaqtida qutqarib olindi va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborildi.

Talaba shifoxonaga ketishdan oldin tobi qochganligi tufayli shunday voqea sodir bo‘lganligini va metropoliten xizmatining voqeada aybi yo‘qligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют