» » O‘zbek kinoijodkorlari AQSh kino maktabida mehmon bo‘lishdi (foto)

O‘zbek kinoijodkorlari AQSh kino maktabida mehmon bo‘lishdi (foto)


Bir guruh o‘zbek kinoijodkorlari AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan kinomatografiya maktabida mehmon bo‘lishdi. Bu haqda rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

‘O‘zbekkino’, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida  AQSh kino maktablari, kompaniya hamda kino tashkilotlari bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida AQShga keldik.

Jamoamizda, delegatsiya boshlig‘i ‘O‘zbekkino’ tashqi aloqalarni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i G‘olib Ne’matov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev, operator Jahongir Ibragimovlar bor.

Safarimizni AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan kinomatografiya maktabida mehmon bo‘lishdan boshladik. Bu maktab bakalavr darajasini beradigan, to‘rt yo‘nalish bo‘yicha uch yil davomida o‘qitiladigan kino maktabi ekan. Ushbu kino maktabida to‘rt yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni kino prodyuserlik, kino rejissorlik, kino operatorlik va animatsiya bo‘yicha dars berilar ekan.  Bizni qiziqtirgan jihati shu bo‘ldiki, mazkur maktabda dastlabki bir yarim yil davomida barcha talabalarga umumiy dars berilib, bir yarim yillik saboqdan so‘ng, qiziqishiga, qobilyatiga qarab, saralab kasbiy tomonlama yo‘nalishlarga ajratilar ekan.

Maktabning yana bir eng muhim jihati shundaki, ushbu maktab bitiruvchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri Gollywood’da ishlashga yo‘naltirilar ekan.

Kino maktabning o‘qituvchilari va rahbariyati bizni iliq kutib olishdi va o‘quv jarayonlari bilan to‘liq tanishtirishdi. Mazkur kino dargohida o‘zbek kinosining yosh avlodi ham tahsil olishi uchun barcha ma’lumotlarni, shart-sharoit hamda aloqalarni o‘rnatib qaytamiz.

Jahongir Ahmedov, rejissor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют